Nyusha uzoq vaqtdan so‘ng Rossiyaga qaytdi

Madaniyat-san’at

image

“Sunami”, “Gde ti, tam ya” kabi qo‘shiqlari bilan mashhur bo‘lgan rossiyalik xonanda Nyusha (Nyusha Vladimirovna Shurochkina) uzoq vaqtdan so‘ng musiqiy kechada ishtirok etish uchun Rossiyaga qaytdi. Bu haqda “Gazeta.ru”nashri xabar berdi.

Xonanda 5 dekabr kuni Gorkiy nomidagi Moskva badiiy teatrida “Yandeks musiqasi” tanlovining 2023 yilgi taqdirlash marosimida qatnashish uchun Rossiyaga kelgan. 

Gap shundaki, Nyusha 2022 yilda mamlakatdagi beqaror siyosiy vaziyat sababli Rossiyadan ko‘chib ketgandi. U ushbu vaziyatni turmush o‘rtog‘ining ko‘p ish safarlarida bo‘lishi bilan izohlagan. Shundan so‘ng, xonanda mamlakat tadbirlarida kam ko‘rinish berishni boshladi. So‘nggi bor u Rossiyaga joriy yilning yozida Leonid Agutin IV musiqa forumida qatnashish uchun tashrif buyurgandi. So‘nggi 5 oydan beri u birinchi marta Rossiyadagi tadbirda yana paydo bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Nyusha 1990 yil 15 avgustda musiqachilar oilasida tug‘ilgan. Otasi Vladimir Vyacheslavovich Shurochkin  "Tender May" musiqiy guruhining sobiq a’zosi, qo‘shiqchining bo‘lajak prodyuseri edi. Onasi Irina Vladimirovna Shurochkina esa yoshligida rok guruhida kuylagan. Xonandaning san’atdagi shaxsiy karerasini 2007 yil "STS super yulduzni kashf qiladi" televizion tanlovida g‘olib bo‘lish bilan boshlagan. 

U turmush o‘rtog‘i Igor Sivov bilan 2017 yilning yozida turmush qurgan. Hozirda juftlik 2 nafar farzandi bilan Dubayda yashaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq rossiyalik xonanda Eduard Sharlot Rossiyaga qaytgan va hibsga olingandi. Shundan so‘ng u sudda rossiyaliklardan kechirim so‘radi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Moskva Yandeks Tsunami Nyusha

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing