NYT: Eron fizik olimi Faxrizodani o‘ldirish rejasini Oq uy tasdiqlagan

Olam

image

Eron yadro dasturining “otasi”, deb atalgan fizik olim Muhsin Faxrizoda Isroilning “Mossad” xavfsizlik xizmati agentlari tomonidan, maxsus yaratilgan robot qotil yordamida o‘ldirilgan. Bu haqda “The New York Times” operatsiya tafsilotlaridan xabardor bo‘lgan manbalariga tayanib, yozmoqda.

Qayd etilishicha, 2007 yildan buyon “Mossad” Faxrizoda bilan yadroviy jangovar kallaklarni yaratish dasturi ustida ishlagan olti nafar eronlik yadrochi olimni o‘ldirgan. Faxrizodaning o‘zini agentlar 2009 yilda yo‘q qilishga uringan, ammo razvedka operatsiya badnom qilinganidan gumonsirab, uni so‘nggi lahzada bekor qilgan.

Nashrning yozishicha, Isroil Tashqi razvedka xizmati (Mossad)ning o‘sha paytdagi boshlig‘i Yosi Koen 2019 yil oxiri va 2020 yil boshida Amerika rahbariyatiga maxsus xizmatlar tomonidan Eron yadroviy dasturi rivojlanishiga to‘sqinlik qilish maqsadida tayyorlangan operatsiyalar ro‘yxatini taqdim etgan. Xususan, ro‘yxatda Faxrizodaga suiqasd qilish rejasi ham o‘rin olgandi. 2020 yil fevral oyining oxirida, o‘sha paytda Donald Tramp boshchiligidagi Amerika ma’muriyati vakillari yadroviy fizikni o‘ldirish rejasini ma’qullagan.

Maxsus xizmatlar Belgiyada ishlab chiqarilgan FN MAG pulemyotini tanlagan. Ushbu qurol Eron hududiga qismlarga ajratilgan holatda keltirilgan. Pulemyot mamlakat hududiga olib kirilgach, qayta yig‘ilgan va pikap avtomobiliga o‘rnatilgan. 

Nashrning yozishicha, o‘q otish tezligi daqiqasiga 600 taga yaqin bo‘lgan ushbu avtomat robotli qurilma va kameralar bilan jihozlangan. Bu esa merganga masofadan o‘q uzish imkonini bergan. Bundan tashqari, pulemyot o‘rnatilgan pikap avtomobili operatsiyadan so‘ng, dalillar yo‘q bo‘lib ketishi uchun minalashtirilgan. 

Operatsiya kuni suiqasd joyiga kiraverish kameralar bilan jihozlangan. Isroil maxsus xizmatlari shu orqali Faxrizodaning o‘zi avtomobil boshqaruvida o‘tirganiga aniqlik kiritmoqchi bo‘lgan. Operatsiya taxminan bir daqiqa davom etgan. Robot-avtomatdan 15 marta o‘q uzilgan. Biroq, dalillarni yo‘q qilib yuborishi keraki bo‘lgan portlash o‘z natijasini bermagan – pulemyotga jiddiy zarar yetib, yon tomonga uchib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning 27 noyabr kuni Eron yadro dasturi mualliflaridan biri bo‘lgan fizik olim Muhsin Faxrizoda mamlakat poytaxti yaqinidagi Absard aholi punktida qurolli hujumi qurboni bo‘ldi. Shundan so‘ng, mamlakatda Eron yadro dasturining “otasi“ o‘limi munosabati bilan 40 kunlik motam e’lon qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

439

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing