Nursulton Ro‘ziboyevning raqibi ma’lum bo‘ldi. U Murodov uchun revansh olishi mumkin
Sport
−
19 iyul 2023
11984Nursulton Ro‘ziboyev UFC'dagi navbatdagi jangini qachon va kimga qarshi o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda MMA insayderi Marsel Dorf xabar berdi.
Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik UFC jangchisi joriy yilning 4 noyabr kuni Braziliyaning San-Paulo shahrida joylashgan “Ibirapuera Gymnasium” majmuasida navbatdagi UFC Fight Night musobaqasida oktagonga ko‘tariladi. O‘sha kuni unga mahalliy sportchi Kayo Borralo raqiblik qiladi. Mazkur jang orqali Nursulton boshqa bir o‘zbekistonlik jangchi uchun revansh olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Gap shundaki, 2022 yilning 22 oktyabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan UFC 280 turnirida Mahmud Murodov ham aynan Kayo Borraloga qarshi jang o‘tkazib, to‘liq davom etgan bahsda hakamlarning qarori bilan mag‘lubiyatga uchragan edi.
Ma’lumot uchun, Ro‘ziboyev bunga qadar 43 marta oktagonga ko‘tarilib, 35 ta jangida g‘alaba qozongan, 8 ta bahsda esa raqiblariga imkoniyatni boy bergan. Uning UFC'dagi natijasi 1-0 va Ro‘ziboyev ham promoushendagi ilk jangida braziliyalik MMAchi Bruno Ferreyra bilan jang qilib, uni nokautga uchratgan edi. Kayo Borralo esa faoliyati davomida 15 ta jangda qatnashib, 14 marta g‘alabaga erishgan va 1 marta imkoniyatni boy bergan. Borralo UFC'da 4 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mahmud Murodov Polshadagi mashg‘ulotlarini yakunlagani haqida xabar berilgan edi. U 22 iyul kuni Londondagi UFC Fight Night turniri doirasida amerikalik tajribali yakkakurash ustasi Brayan Barberenaga qarshi jang qiladi.
LiveBarchasi
29 Oktabr