Nursulton Ro‘ziboyevni yutgan jangchining yangi raqibi aniq bo‘ldi

Sport

image

Joriy yilning 6 oktyabr kuni AQSHning Yuta shtati, Solt-Leyk-Siti shahrida UFC 307 turniri tashkil etiladi. Ushbu oqshom doirasida yana bir qiziqarli jang bo‘lishi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, yarim o‘rta vazn toifasida amerikalik aralash yakkakurash ustasi Xoakin Bakli turnir doirasida oktagonga ko‘tariladi. Bakliga o‘sha kuni hamyurti Stiven Tompson raqib bo‘ladi. Jang prelim kardga kiritilgan.

Turnirning markaziy to‘qnashuvi yarim og‘ir vazn chempioni Aleks Pereyra hamda da’vogar Xalil Rauntri o‘rtasida kechadi.

Ma’lumot uchun, Xoakin Bakli o‘zining so‘nggi jangini joriy yilning may oyida o‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyevga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongan edi. Stiven Tompson esa 2023 yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tgan oxirgi jangida qozog‘istonlik Shavkat Rahmonovga imkoniyatni boy bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev Ultimate Fighting Championship (UFC) bilan yangi shartnoma imzolagani haqida xabar berilgandi. Yangi shartnomaga ko‘ra, 30 yoshli Ro‘ziboyev tashkilotda yana 4 ta jang o‘tkazish imkoniyatiga ega.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh UFC Nursulton Ro'ziboev Xoakin Bakli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made