Nursulton Ro‘ziboyevga 3 xonali uy sovg‘a qilindi (video)

Sport

image

Joriy yilning 8 iyul kuni UFC'dagi g‘alabali ishtirokidan so‘ng, AQSHdan O‘zbekistonga qaytib kelgan UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyevga Andijon vioyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov 3 xonali uy sovg‘a qildi.

“UFC'dagi g‘alabamiz uchun viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov mana shunday mukofot bilan taqdirladi. Avvalo qilayotgan mehnatlarimizga befarq bo‘lmagani uchun o‘z minnatdorligimni bildiraman. U hamisha mana shunday sportchilarni qo‘llab-quvvatlab keladi, rahmat”, deydi Ro‘ziboyev.

Ma’lumot uchun, Ro‘ziboyev joriy yilning iyun oyi oxirida UFC bilan shartoma imzolab, 2 iyul kuni debyut jangini o‘zidan ancha tajribali bo‘lgan, shu paytgacha yengilmagan braziliyalik Bruno Ferreyraga qarshi oktagonga ko‘tarilib, muddatidan oldin g‘alaba qozongandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov Toshkentda o‘tkazilgan havaskor boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan Hasanboy Do‘smatovga ham uy sovg‘a qilgan edi. Shuningdek, u og‘ir atletika bo‘yicha Olimpiyada va Jahon chempioni Ruslan Nuriddinovni Gentra mashinasi bilan taqdirlagan


Maqola muallifi

Teglar

UFC Shuhrat Abdurahmonov Nursulton Ro'ziboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing