Nursulton Ro‘ziboyev qanday kutib olindi? (foto+video)

Sport

Bugun, 8 iyul kuni O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev Vegas 76 turniridagi yorqin g‘alabasidan so‘ng Amerikadan qaytib keldi. U Toshkent Xalqaro aeroportida OAV va keng jamoatchilik tomonidan kutib olindi.

U joriy yilning 2 iyulida UFC Fight Night navbatdagi raqamlangan turnirida braziliyalik Bruno Ferreyraga qarshi oktagonga ko‘tarildi. Ro‘ziboyev mazkur jangda shu vaqtga qadar 10 ta jang o‘tkazib, biror marta yutqazmagan tajribali raqibini muddatidan oldin mag‘lubiyatga uchratdi. 5 daqiqalik 3 raundga mo‘ljallangan jang 1 daqiqa 20 soniya davom etdi.

Sportchi bu g‘alabasi orqali tashkilot prezidenti Dana Uaytning e’tiborini qozonishga muvaffaq bo‘ldi va endi aynan UFC rahbarining o‘zi uning keyingi jangini tez fursatda yana tashkil etish istagini bildirgan.

“Jangim hammaga yoqqanidan xursandman. Yaqinda bo‘ladigan turnirdan jang taklif qilishdi, biroq jarohatlarim borligi uchun uni qabul qila olmadim. Menejerlarim rahbariyat bilan bo‘lgan suhbatini ko‘rsatdi, unga ko‘ra Dana Uaytga ham mening jang uslubim va o‘sha kungi nokautim ancha ma’qul bo‘lgan”, deydi UFC jangchisi.

Ma’lumot uchun, Ro‘ziboyev bunga qadar 43 marta oktagonga ko‘tarilib, 35 ta jangida g‘alaba qozongan, 8 ta bahsda esa raqiblariga imkoniyatni boy bergan.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Nursulton Ro'ziboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing