Nursulton Nazarboyev shifoxonaga yotqizildi

Olam

image

Qozog‘istonning sobiq Prezidenti Nursulton Nazarboyev Ostonadagi shifoxonalardan biriga yotqizildi. Shifokorlarning aytishicha, yurak operatsiyasi bo‘lishi mumkin. Bu haqda Qozog‘iston media menejeri Aleksandr Aksyutitsga tayanib, “KNEWS” xabar berdi.

Aleksandr Aksyutits sobiq Prezident Nursulton Nazarboyevning kasalxonaga yotqizilishi va uning mumkin bo‘lgan operatsiyasi haqida ma’lum qildi.

“Mening manbalarim Nursulton Nazarboyevning Ostonadagi shifoxonalardan biriga yotqizilganini aytdi. Uning yuragi keng qamrovli tekshiruvidan o‘tkaziladi. Tibbiyot xodimlarining aytishicha, jarrohlik amaliyoti qilinishi mumkin”, deb yozdi Aksyutits juma kuni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Nursulton Nazarboyev 2019 yil mart oyida Qozog‘iston Prezidenti lavozimini Qosim-Jomart To‘qayevga topshirib, Elboshi rutbasini olgan edi. Shundan so‘ng Xavfsizlik Kengashini boshqarib kelayotgan Nursulton Nazarboyev Qozog‘istondagi namoyishlar avj olishi fonida Xavfsizlik Kengashi boshqaruvini ham qo‘sh-qo‘llab Prezident To‘qayevga topshirdi.

Oradan deyarli 3 yil o‘tib, joriy yilning 12 yanvar kuni Nursulton Nazarboyevga ilgari berilgan faxriy senator maqomi parlament reglamentidan olib tashlandi. 13 yanvar kuni Qozog‘iston parlamenti deputatlari palatalarning qo‘shma majlisida “Qozog‘iston Respublikasining birinchi prezidenti – Elboshi to‘g‘risida”gi qonunni bekor qildi. Shunday filib, Nazarboyev Elboshi unvonidan va alohida huquqlaridan mosuvo qilindi.

17 yanvar kuni esa Qozog‘iston hukumati madaniyat sohasida beriladigan davlat stipendiyasi nomidan respublikaning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev nomini olib tashladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing