Nurmuhamedov buyuk jangchi emas – Yemelyanenko

Sport

image

Rossiyalik MMA jangchisi Aleksandr Yemelyanenko yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmuhamedovni eng buyuk jangchi deb tan olishdan bosh tortdi. Bu haqda “VseProSport” nashri yozmoqda.

“Nurmuhamedov chempionlik kamarini bir necha bor himoya qilib, barchaga shunchaki chempion emasligini isbotladi. Ammo uni UFC’ning eng buyuk jangchisi, deb atash mumkin emas. Chunki bir nechta toifadagi kamarlarga egalik qilganlar va og‘ir vazn toifalarini himoya qilganlar ham bor. Habib Nurmuhamedov shunchaki yaxshi jangchi”, dedi Yemelyanenko.

Sportchi, shuningdek, amerikalik Jastin Getje bilan so‘nggi jangdan so‘ng Nurmuhamedovning professional faoliyatini yakunlash to‘g‘risidagi qarori haqida ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Agar men uning o‘rnida bo‘lganimda, shoshilmasdan, yaxshilab o‘ylab, onam bilan maslahatlashib olar edim. Hech bo‘lmaganda 30 tagacha jang o‘tkaz, yana bir bor chempionlikni himoya qil. Nazarimda, u ketishini juda erta e’lon qilganga o‘xshaydi. Ehtimol, u ketmaydi va yana bir oz kurashadi. Bu qizishib turganda aytilgan so‘zlar edi”, dedi Yemelyanenko.


Nurmuhamedovning g‘alabasi haqida turli mashhur sportchilar, jumladan, “Yuventus” futbol jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu va MMA bo‘yicha irlandiyalik jangchi Konor Makgregorlar ham o‘z fikrini bildirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 24 oktyabr kuni Abu-Dabidagi (BAA) “Janglar oroli”da o‘tkazilgan UFC 254 musobaqasida rossiyalik Habib Nurmuhamedov amerikalik Jastin Getji kuch sinashdi va 2-raunddayoq g‘olib bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Habib Nurmuhamedov Aleksandr Emel'yanenko

Baholaganlar

1732

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing