Nurmat Otabekov kasallikdan qanday davolanganini aytib berdi
Intervyu
−
08 Sentabr 2020
19047O‘zbekiston bosh davlat sanitariya inspektori, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik nazorat davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov koronavirusdan davolanib chiqqanidan so‘ng o‘zida kechirgan holatlar haqida aytib berdi.
Otabekovning ma’lum qilishicha, u tana harorati ko‘tarilishi belgilari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
“Men koronavirusga chalinganligimni 28 iyul kuni bildim. Ikki marotaba laboratoriya tekshiruvi musbat natija berdi. Dastlabki sakkiz kun davomida menda jiddiy klinik belgilar kuzatilgani yo‘q. Biroq shifoxonaga yotganimning sakkizinchi kunidan boshlab pnevmoniya belgilari kuzatila boshladi va olti kun davomida nafas yetishmovchiligi bilan bog‘liq klinik belgilari kuzatildi. Rentgen va multispiral kompyuter tomografiya tekshiruvlari o‘pkamning 50 foizida yallig‘lanish borligini ko‘rsatdi. Kasallikning 14-15 kunlariga borib hid va ta’m bilish belgilarining yo‘qolishi namoyon bo‘la boshladi. Ayniqsa, achchiqni sezish keskin kamayganini sezdim. Lekin tuz va shirinlikni ta’mini sezish imkoniyati saqlanib qoldi”, deydi professor.
Suhbat davomida Bosh davlat sanitariya inspektori kasallikning klinik belgilarini barchasini o‘zimda kuzatilganini aytib o‘tdi.
“Shifoxonada 21 kun davolanish barobarida, o‘tgan to‘rt oy davomida kasallikning klinik belgilari bo‘yicha nimalarni aholiga gapirib bergan bo‘lsam, barchasini o‘zimda kuzatdim. Holsizlanish, terlash, tana haroratini ko‘tarilishi, hid va ta’m bilishning pasayishi, nafas olishdagi muammolar, ichak faoliyatining buzilishi kabilarning barchasini o‘zimda kuzatdim. Menda shunaqangi tushuncha paydo bo‘ldiki, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kasallik tashhisoti, davolash usullari va profilaktikasi bo‘yicha bergan tavsiyalarining hammasi o‘rinli va asoslangan”, deydi Sanitariya-epidemiologik nazorat davlat inspeksiyasi boshlig‘i.
LiveBarchasi