Nurafshonda portlagan uy bo‘yicha yangi tafsilotlar ochiqlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avvalroq Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi uylarning birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatida portlash sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Toshkent viloyati hokimligi holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, ayni vaqtda voqea joyida tezkor qutqaruv guruhlari ish olib bormoqda. Nurafshon shahar hokimligi tomonidan talafot ko‘rgan uydagi aholi xavfsiz joylarga ko‘chirilmoqda.

Ushbu hodisada 2009 yilda tug‘ilgan E. X. halok bo‘lgan. Uy egalaridan yana biri jonlantirish bo‘limiga olib ketilgan.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, uydagi 4-xonadonda gaz uskunasi qo‘lbola shlang orqali hisoblagichdan alohida o‘zboshimchalik bilan asosiy gaz tarmog‘iga ulangan bo‘lib, fojiaga uning nosozligi sabab bo‘lgan.

“Hududgazta’minot” AJ Matbuot xizmatining xabar berishicha, o‘rganishlar jarayonida maishiy ehtiyoj uchun tabiiy gazni o‘g‘irlash natijasida 2 qavatli binodagi uylardan birining xonasida tabiiy gaz to‘planishi sodir bo‘lgani aniqlangan. Xonadon egasi hisoblagichni olib tashlab, gaz quvurlarini kanalizatsiya sifoni orqali ulab qo‘yishi, tabiiy gaz sizib chiqishiga sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

138

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing