Nukusdagi ommaviy tartibsizliklar ishtirokchilari Prezidentdan kechirim so‘radi
Jamiyat
−
08 yanvar 2023
11736Kecha, 7 yanvar kuni Buxoro viloyat sudi binosida Nukusdagi ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov xabar berdi.
Sud majlisida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay O‘rinbayevning ko‘rsatmalari eshitilgan. Sudlanuvchilar qilmishlaridan chin ko‘ngildan pushaymon ekanliklarini bildirgan. Shuningdek, ular kechirim so‘ragan hamda Prezidentga yetkazishni iltimos qilgan.
“Amanbay O‘rinbayev sudlanuvchilar kim bo‘lishidan qat’iy nazar O‘zbekiston fuqarolari, Qoraqalpog‘iston azamatlari ekanini, ularning iltimoslarini albatta yetkazishini ma’lum qilib, sud hay’atidan sudlanuvchilarga qonun doirasida yengillik berishni so‘radi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 noyabr kuni 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarga doir jinoyat ishi yuzasidan Buxoro viloyat sudida sud jarayoni boshlandi.
Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra sudlanuvchilar D. Tajimuratov, L. Qallixanova, A. Turdanov, A. Smetullayev, D. Jiyemuratov, B. Qadirbergenov, B. Seytniyazov, A. Toqimbetov, Q. Seytimov, A. Nuratdinov, S. Medetov, N. Nayipov, P. Shamshetov, R. Bekmuratov, S. Kaipov, B. Genjebayev, S. Qalilayev, P. Nurniyazov, S. Kalimov, N. Sultamuratov, A. Temirxanov va A. Adilbekov Jinoyat kodeksining 28,104, 104, 159, 164, 167, 227, 243, 244, 244-1, 247 va 277-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan.
20 nafar sudlanuvchiga nisbatan "qamoqqa olish", 1 nafariga "uy qamog‘i" va 1 nafariga "jamoa kafilligi" tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan.
LiveBarchasi