Nukusda Milliy gvardiyaning mintaqaviy o‘quv markazi tashkil etildi
Jamiyat
−
05 mart 2021
2624O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining o‘quv markazlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra:
• Nukus shahrida Milliy gvardiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy o‘quv markazi tashkil etildi;
• Milliy gvardiyaning Farg‘ona o‘quv markazi Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markaziga, Dashtobod o‘quv markazi esa Milliy gvardiyaning Jizzax mintaqaviy o‘quv markaziga aylantirildi.
Mazkur mintaqaviy o‘quv markazlarida harbiy xizmatchi va xodimlarni boshlang‘ich tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv jarayoni quyidagi hududlarga taqsimlangan holda ta’minlanadi:
• Milliy gvardiyaning Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazi – Toshkent shahri, Toshkent, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar uchun;
• Milliy gvardiyaning Jizzax mintaqaviy o‘quv markazi – Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar uchun;
• Milliy gvardiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy o‘quv markazi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar uchun.
Mintaqaviy o‘quv markazlarining rahbar va pedagoglar tarkibini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Milliy gvardiyaning Harbiy-texnik institutida hamda boshqa vazirlik va idoralarning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.
LiveBarchasi