Nukusda Xalqaro Islom akademiyasining filiali tashkil etildi

Jamiyat

image

Nukusda O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy filiali maqomiga ega bo‘lgan muassasa shaklidagi Malaka oshirish markazi o‘z faoliyatini boshladi. Markaz tomonidan Imom eshon Muhammad jome’ masjidida imom-xatiblarning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-seminari tashkil etildi.

Mazkur Markazda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi imom-xatiblar, noiblar, diniy soha mutaxassislari, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, oliy va o‘rta ta’lim muassasalarining sohaga tegishli pedagog kadrlari qayta tayyorgarlikdan o‘tadi va malaka oshiradi.

Diniy soha mutaxassislarining malakasini oshirish o‘quv-seminari oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari va Muhammad ibn Axmad al Beruniy nomidagi o‘rta maxsus Islom bilim yurtining tajribali o‘qituvchilari tomonidan o‘qitiladi.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning ushbu farmoni bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlari mintaqaviy filiallariga ega bo‘lgan Malaka oshirish markazi tashkil etilishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Nukus Xalqaro Islom akademiyasi

Baholaganlar

31

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made