Nukusda qaynota kelini va uning onasini temir bilan urib o‘ldirdi

3-sahifa

image

Qoraqalpog‘istonning Nukus tumanida qaynota kelini va uning onasini vahshiylarcha o‘ldirdi. Bu haqda respublika prokuraturasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Nukus tumanida yashovchi S.K.(ayol kishi)joriy yilning 10 iyun kuni qaynotasi Ye.S. bilan o‘zaro janjallashib onasi Sh.K.ning uyiga arazlab ketib qolgan.

11 iyun kuni soat 14:00 larda S.K. onasi Sh.K. va yangasi J.A. bilan birga qaynotasi Ye.S. bilan qolgan 2020 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan farzandini olib ketish uchun borgan vaqtida, o‘rtada janjal kelib chiqqan. Shunda Ye.S. qo‘lidagi temir jism bilan S.K. va uning onasi Sh.K.ni urib qasddan o‘ldirgan. Shundan keyin ular bilan birga kelgan fuqaro J.A.ning bosh va yuz qismlariga xamda tanasining boshqa joylariga bir necha marta urib o‘ldirmoqchi bo‘lgan vaqtda J.A. voqea joyidan qochib yashirinib, og‘ir tan jarohatlari bilan Nukus tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Nukus tumani prokuraturasi tomonidan holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Ye.S. Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik

Baholaganlar

510

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing