Nukusda it va mushuklarning “qabristoni”dan jasadlar g‘oyib bo‘ldi

Jamiyat

image

Avvalroq, Nukus shahri yaqinidagi maishiy chiqindilar poligonidan 100 dan ortiq it va mushuklarning jasadi topilgani haqida xabar bergan edik. Sanitar tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasi mazkur holatga rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, holat respublika Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi inspektorlari P.Nizomov va Q.Rimov tomonidan joyiga chiqib o‘rganilgan. 

O‘rganish dovomida Nukus shahri yaqinida joylashgan maishiy chiqindilar poligonida hech qanday it va mushuklarning jasadi yo‘qligi ma’lum bo‘lgan. 

Aniqlanishicha, it va mushuklarning jasadlari Nukus shahar obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul shaxslari tomonidan A-380 “Nukus–To‘rtko‘l” avtomagistral yo‘lining o‘ng tomoniga, aholi yashash punktidan taxminan 12-15 km uzoqlikdagi belgilanmagan joyga noqonuniy ravishda ko‘mib tashlangan.

“Ushbu holat bo‘yicha qonunga xilof ravishda ish tutgan mas’ul shaxslardan tushuntirish xatlari olindi, zarur hujjatlar rasmiylashtirilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasiga taqdim etildi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Nukus

Baholaganlar

570

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing