Nukusda birinchi Orol madaniyat sammiti o‘z ishini boshladi
Jamiyat
−
05 aprel
3392Bugun, 5 aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida har 18 oyda bir marta o‘tkazilishi rejalashtirilgan birinchi Orol madaniyat sammiti o‘z ishini boshladi. Bu haqda Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva o‘z Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
“Bu mamlakatimiz va ayniqsa Qoraqalpog‘iston uchun ulkan ahamiyatga ega voqeadir”, deya yozgan Saida Mirziyoyeva.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘p yillardan buyon turli darajadagi tadbirlar va minbarlardan turib Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish – birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan hal etilishi zarur bo‘lgan umumjahon vazifa ekani haqida tinimsiz gapirib kelinmoqda.
“Bu hududning betakror madaniyati va o‘ziga xosligini saqlab qolish, ushbu murakkab sharoitda yashayotgan hamyurtlarimizning munosib kelajagini ta’minlash uchun mintaqaga diqqat-e’tiborni jalb etish lozim”, deya yozadi Prezidentning to‘ng‘ich qizi.
Shuningdek, Mirziyoyevaning qo‘shimcha qilishicha, sammit butun dunyo rassomlari, olimlari, ekspertlari va faollarini birlashtiradi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 4 aprel kuni o‘z ishini boshlagan Samarqand iqlim forumida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva ham ishtirok etgani haqida xabar berilgandi. U sammitdagi ishtiroki davomida Orolbo‘yi va Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish ustuvor vazifa ekanini ta’kidlagan.
LiveBarchasi