Nukusda ayollar yo‘lni to‘sib qo‘ydi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda kecha, 27 may kuni bir guruh ayollar Nukus shahar Allayar Dosnazarov ko‘chasini to‘sib qo‘ygani aks etgan video tarqaldi. Ayollar nafaqa pullari berilmagani uchun ko‘chani to‘sib qo‘ygan. Voqea yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati izoh berdi.

Xalq banki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar bank xizmatlar markazining va Pensiya jamg‘armasi Nukus shahar bo‘limining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidentining 2020 yil 4 avgust kungi PQ-4797 sonli qarori asosida nafaqa pullarini tarqatish yoki berish “Ijtimoiy muhofaza qilishning yagona reyestri” axborot tizimida nosozliklar yuzaga kelgan.

Bu borada tegishli tashkilotlar tomonidan ishlar olib borilib, texnik nosozliklar bartaraf etilganligi va shu kunning ikkinchi yarimida nafaqa oluvchilarning plastik hisob raqamiga o‘tkazib berilganligi aniqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

nafaqa Nukus

Baholaganlar

1042

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing