Nukusda 15 yashar qiz o‘zini kanalga tashladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 19 may kuni Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida 15 yoshli qiz o‘zini kanalga tashlab joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi. Bu haqda Milliy gvardiya Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 12:30 larda Nukus shahrida jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan patrul yo‘nalishida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan “Do‘stlik” kanaliga o‘zini tashlagan noma’lum ayol suvdan qutqarib olindi.

O‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shahar tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan ushbu ayol, dastlabki surishtiruvlar mobaynida Nukus shahrida yashovchi 2005 yilda tug‘ilgan fuqaro J.T. ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Nukus shahar IIB tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Milliy gvardiya Nukus

Baholaganlar

346

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing