Nukusda haqini ololmagan ayollar avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ydi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Nukus shahrida bir guruh ayollar avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ygani aks etgan surat tarqaldi. Ular jamaot ishida qatnashgan xotin-qizlar ekani va ularga mehnat haqi o‘z vaqtida to‘lanmaganligi ham aytildi.

Mazkur holat yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari  vazirligining rasmiy munosabat bildirdi.

Vazirlik o‘tkazgan tezkor o‘rganish natijasida aniqlanishicha, joriy yil noyabr oyida “Temir daftar”ga, “Ayollar daftari”ga kiritilgan kambag‘al oilalarning mehnatga layoqatli a’zolarining bandligiga ko‘maklashish maqsadida Nukus shahrida 1 184 nafar ishsiz fuqaro qo‘shimcha ravishda mahalla fuqarolari yig‘inlari buyurtmasiga asosan jamoat ishlariga jalb etilgan va ularga 817 million so‘m ish haqi hisoblangan.

“Amaldagi tartibga muvofiq, buyurtmachi – ish beruvchi tomonidan jamoat ishlarida bajarilgan ish hajmi to‘g‘risida dalolatnoma, jamoat ishiga qatnashganligini tasdiqlovchi qaydnoma (tabel) taqdim etilganidan so‘ng mazkur hujjatlar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan ko‘rib chiqilib, Jamoat ishlari jamg‘armasidan qo‘shimcha mablag‘lari moliyalashtirilib beriladi.

Yuqoridagi holat yuzasidan tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish, ularni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va moliyalashtirishda mutasaddi xodimlar tomonidan o‘z vaqtida hal qilinmaganligi sababli Jamoat ishlari jamg‘armasi tomonidan pul mablag‘lari joriy yil 5 dekabr kuni o‘rniga 15 va 17 dekabr kunlari o‘tkazilgan”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Hozirgi kunga kadar fuqarolarga 226 million so‘m ish haqi to‘lab berildi, qolgan 591 million so‘m mablag‘ Nukus shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan 18 dekabr kuni to‘liq to‘lab beriladi.  

Ta’kidlanishicha, o‘rganish yakuni bilan aybdor shaxslarga nisbatan intizomiy choralar ko‘riladi. Mablag‘lar to‘liq to‘lab berilgani va aybdor mansabdor shasxlarga choralar ko‘rilganligi to‘g‘risida ma’lumot ko‘shimcha taqdim etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Nukus

Baholaganlar

154

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing