Nukus tinch, ammo vaziyat tarang – “The Economist” muxbiri

Olam

image

Bugun, 3 iyul kuni “The Economist” jurnalining O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan jurnalisti Joanna Lillis bugun Nukusga yetib keldi. Bu haqda u o‘zining Twitter sahifasida yozib qoldirgan. 

“Nukus tinch, ammo vaziyat tarang. Men bugun namoyishlar bo‘lganini ko‘rganim yo‘q. Juda qattiq xavfsizlik choralari ko‘rilgan. Hukumat va parlament binolari xavfsizlik kuchlari tomonidan qurshab olingan, transport vositalarining harakatlanishi cheklangan”, deb yozgan jurnalist. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida ayrim fuqarolar O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarni noto‘g‘ri talqin qilib, kutilmaganda namoyishlar uyushtirdi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi holatni Nukusda davlat boshqaruvi organlarini egallashga urinish deb baholadi.

Shundan so‘ng, kecha, 2 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga yetib bordi va qoraqalpoq xalqi bilan muloqot qildi. 

Shuningdek, Prezident Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish muhokamasi hali davom etayotganini inobatga olib hamda Qoraqalpog‘iston aholisi bildirayotgan fikr va mulohazalarni o‘rgangan holda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 70, 71, 72, 74, 75-moddalarini amaldagi tahrirda o‘zgarishsiz qoldirish zarurligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

774

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing