Nukus xalqaro aeroportiga nisbatan chora ko‘rildi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobat qo‘mitasi "Nukus xalqaro aeroporti” MCHJ tomonidan amalga oshirilgan tanlov savdolarida qonun talablariga rioya qilinganligi yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi va qonun buzilish holatini aniqladi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.

“O‘rganishlar natijasida,  mazkur MCHJ Davlat xaridlari portal orqali  amalga oshirgan 120 000 000 so‘mlik tanlov savdolarini o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari” va “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunlar talablariga rioya qilmaganligi aniqlandi” deyiladi xabarda.

Yuqoridagilarga ko‘ra, Qo‘mita maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 225-sonli Nizom talablarini buzish alomatlari bilan “Nukus xalqaro aeoroporti” MCHJga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan tegishli ta’sir chorasi  qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarning sotilishida qonunga zid harakatlar aniqlangan “Amudaryotex” MCHJ XKga jarima qo‘llangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Nukus xalqaro aeroporti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar