“Nozim Buxarskiy”ning akasi qamoqqa olindi
3-sahifa
−
15 mart
20746Jinoyat olamida “Nozim Buxarskiy” nomi bilan tanilgan marhum jinoiy avtoritet Nozim Jumayevning akasi Naim Jumayev qamoqqa olindi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Naim Jumayev kuzatuv ostida bo‘lgan va uning ustidan ichki ishlar organlariga ariza kelib tushgan. Jumayev Jinoyat kodeksining 165-moddasida (tovlamachilik) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, qo‘lga olingan.
Ma’lumot uchun, uning ukasi “Nozim Buxarskiy” 1994-2002 yillarda odam o‘ldirish, talonchilikda ayblanib 3 marta sudlangan. So‘ngra, mahbuslarga qarshi kuch ishlatib kelishda ham ayblangan. Qamoqxonalarda Nozim Jumayevga alohida sharoitlar (jumladan muzlatkich, sport bilan shug‘ullanish uchun jihozlar va boshqa imkoniyat) yaratib berib kelingani aytiladi.
Nozim Jumayev 2014 yilning dekabr oyida qamoqqa olinib, 2015 yilda Jinoyat kodeksining 273-moddasida (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 20 yilga qamalgan. U 2021 yil 2 aprelda qamoqxonada vafot etgan.
LiveBarchasi