Noyer Oliver Kanning rekordiga yaqinlashdi

Sport

image
0:00
0:00
download

Kecha, 23 oktyabr kuni Germaniya chempionatining 9-turida Myunxenning “Bavariya” klubi darvozaboni Manuel Noyer Bundesligadagi 300-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Uchrashuvda Yulian Nagelsmann jamoasi “Xoffenxaym” ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Bu myunxenliklar darvozaboni uchun musobaqadagi 447-o‘yinda erishilgan 300-g‘alaba bo‘ldi. Bu turnir tarixidagi eng yaxshi ikkinchi natija hisoblanadi. Faqatgina “Bavariya” sobiq darvozaboni Oliver Kan undan ko‘proq g‘alaba qozongan – 310 ta. Biroq, mavsumning katta qismi oldinda ekani inobatga olinsa, Noyer ushbu mavsumning o‘zidayoq rekordni yangilashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Manuel Noyer “FourFourTwo” nashri tomonidan tuzilgan ayni vaqtda dunyodagi eng yaxshi darvozabonlar reytingida 3-o‘rinda qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, “Bavariya” navbatdagi uchrashuvini joriy yilning 27 oktyabr kuni Germaniya kubogida Myonxengladbaxning “Borussiya” klubiga qarshi o‘tkazadi. Bundesliga doirasidagi o‘yin esa, 30 oktyabrda “Union Berlin” maydonida bo‘lib o‘tadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Bavariya Bundesliga Noyer Kan

Baholaganlar

11

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing