“Noyob” qaror: Tramp Baydenning inauguratsiyasiga bormaydi

Olam

image

AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Tramp saylangan Prezident Jozef Baydenning Prezident vazifasiga rasman kirishishiga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etmasligini ma’lum qildi. Bu Amerika Qo‘shma Shtatlari tarixida kamdan kam uchraydigan voqea. Bu haqda Tramp o‘zining Twitter sahifasida yozgan.

“So‘raganlarning barchasiga: 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan inauguratsiyaga bormayman”, deb yozadi Tramp.

O‘z navbatida, “Reuters” axborot agentligi Oq uy ma’muriyati Trampning 19 yanvar kuni Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohiga ketishi masalasini muhokama qilayotganini xabar qildi.

Keyinchalik, Bayden ham ishdan ketayotgan davlat rahbarining uning inauguratsiya marosimida qatnashmasligini ma’qullagan.

Shunday qilib, Tramp o‘z davomchisining inauguratsiya marosimida qatnashmagan AQSH tarixidagi to‘rtinchi Prezident bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp Twitter

Baholaganlar

159

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing