Noyabrda narx-navo qanchaga ko‘tarilgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
01 dekabr 2020 7119 1 daqiqa
2020 yilning noyabrida o‘rtacha iste’mol narxlari va tariflari darajasining oy davomidagi o‘sish sur’ati 1,5 foizni tashkil qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Solishtirish uchun 2019 yilning noyabrida tovarlar va xizmatlar narxlarining oy davomidagi o‘rtacha ko‘tarilish darajasi 1,7 foizni tashkil qilgan.
2020 yilning yanvar-noyabr oylarida iste’mol bozoridagi narxlar va tariflar 9,5 foizga o‘sgan.
Joriy yilning noyabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 2,4 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlar 0,9 foizga va xizmatlar 0,9 foizga qimmatlashdi.
Live
Barchasi