Novak O‘zbekiston bilan ittifoq tuzish maqsadini tushuntirdi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi o‘rinbosari Aleksandr Novak Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston tomonidan gaz ittifoqini yaratish imkoniyatlari muhokama qilinganini tasdiqladi. U transport, eksport, gazni qayta ishlash va hamkorlikning boshqa shakllaridagi kooperatsiyani nazarda tutadi. 

"Ha, Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston SSSR davridan beri yagona gaz tashish tizimiga ega bo‘lgani sababli hamkorlikning bunday yo‘nalishlari ko‘rib chiqilmoqda. Darhaqiqat, bizda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, jumladan, gaz yetkazib berish va qayta ishlash borasida keng imkoniyatlar mavjud. Boshqa eksport yo‘nalishlariga yetkazib berish uchun”, deydi u. 

Novak Xitoyning yo‘nalishlardan biriga aylanishi mumkinligini tushuntirdi. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 28 noyabr kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin bilan uchrashuvi chog‘ida Putin uch tomonlama gaz ittifoqini tuzish taklifi bilan chiqqani va bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga qo‘ng‘iroq qilmoqchi ekanini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

302

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing