Namangandagi shifoxonalar “svet”siz qoldi

Jamiyat

image

Kecha, 9 noyabr kuni Namangan viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasida hamda Chust tuman markaziy shifoxonasida elektr energiyasida uzilish holati kuzatilgan. Ushbu holat yuzasidan Energetika vazirligi ma’lumot berdi.  

Qayd etilishicha, elektr energiya bilan ta’minlovchi tarmoqlarda nosozlik yuzaga kelgani tufayli Namangan viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasida 13 daqiqa, Chust tuman markaziy shifoxonasida 20 daqiqa uzilish kuzatilgan. 

Shundan so‘ng, shifoxonalarning zaxira dizel generatorlari ishga tushirilib, muassasalarda elektr ta’minoti qayta tiklangan.

Eslatib o‘tamiz, 9 noyabr kuni O‘zbekistonning sharqiy – Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilgan edi. Bunga havo haroratining keskin sovib ketishi natijasida magistral gaz quvurlarida tabiiy gaz bosimini pasayishi vaj qilib ko‘rsatilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

70

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing