Norvegiyaga meteorit quladi (video)

Olam

Norvegiya sharqi bo‘ylab meteorit uchib o‘tdi va yerga quladi. Odamlar uning gumburlagan ovozini ham eshitishgan. Bu haqda Norvegiya meteor tarmog‘i xabar berdi. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kecha 25 iyul kuni soat 01:08 da (Toshkent vaqti bilan 04:08) Norvegiya osmonida taxminan 5 soniya nur chaqnab turgan. Olimlar bu chaqnashni Osloda ko‘rishgan va meteorit bo‘laklarini Mudum va Liyer kommunalari oralig‘idagi Finnemarka tabiiy qo‘riqxonasi hududiga tushgan, deb taxmin qilgan.

Keyinroq Norvegiya meteor tarmog‘ining aniqlik kiritishicha, meteorit birinchi marta Oslodan shimoldagi Nordmarkdagi Kerkeberget tepaligidan 90 kilometr balandlikda aniqlangan va janubi-g‘arbga qarab siljigan. So‘ng u parchalanib, taxminan 30 daqiqadan keyin Yerdan 23 kilometr balandlikda so‘ngan. Ko‘pchilik, uning Yerga qulashi natijasida kuchli zarba to‘lqini yuzaga kelganini his qilgan. Biroq, hech kim jabrlanmagan. 

Ta’kidlash kerakki, bir necha soniya davom etgan chaqnash juda kuchli bo‘lib, atrof xuddi kunduzgi vaqtdagidek yorug‘ bo‘lib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 19 mart kuni Kubada meteorit qulab, portlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

473

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing