Norvegiyada koronavirusning yangi shtammi aniqlandi
Salomatlik
−
20 Oktabr 2020
7870
Norvegiyada shifokorlar SARS-SoV-2 koronavirusining yangi turini aniqlashdi. Bu haqda NRK xabar bermoqda.
Shifokorlar Tronxeym shahrida mutatsiyani aniqlashgan. Tuve kommunasining bosh shifokori Rosstadning aytishicha, koronavirus tarqalishi tezlashgach, virus mutatsiyaga uchragan degan xulosaga kelingan.
"Biz bu virus qayerdan kelib chiqqanini bilmaymiz. Hozirgacha Norvegiyada virusning bunday variantlari bo‘lmagan. Keyin Xalqaro ma’lumotlar bazalarida qidiruv olib borildi. Lekin u yerda ham xilma-xillik haqida ma’lumot topilmadi", degan mutaxassis.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shu paytgacha koronavirusning 7 xil turi aniqlangan.
Jumladan, HCoV-229E, HCoV-NL63, HCoV-OC43, HCoV-HKU, SARS-CoV, MERS-CoV, SARS-CoV-2.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Norvegiyada 16 ming 539 kishi koronavirus yuqtirib olgan. 11 ming 863 kishi sog‘ayib ketgan. 278 kishi esa virus qurboni bo‘lgan.
Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 40 milliondan oshgan. 27,6 million bemor sog‘aygan. 1,12 milliondan ko‘p kishi kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.
LiveBarchasi