Norvegiya Osiyo jamoasini yirik hisobda mag‘lub etdi
Sport
−
17 iyun 8587 1 daqiqa
Bugun, 17 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionatining “I” guruhidan o‘rin olgan Iroq va Norvegiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Bahsda Norvegiya 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Jamoalar AQSHning Foksboro shahridagi “Jillett” stadionida maydonga tushishdi. Norvegiya terma jamoasi safida Erling Holand 29 va 43-daqiqalarda, Leo Estigor 76-daqiqada hamda Kristian Torstvedt 90+7-daqiqada gol urdi. Iroq terma jamoasining yagona goliga esa Ayman Husayn 39-daqiqada mualliflik qildi.
Iroq terma jamoasi 1986 yildan beri ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Norvegiya esa mundialga 1998 yildan buyon birinchi marta yo‘llanma oldi.
Norvegiya va Iroq terma jamoalari “I” guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, ayni paytda Norvegiya ushbu guruh yetakchisi bo‘lib turibdi. Undan keyingi o‘rinni esa Fransiya terma jamoasi egallab turibdi.
Endilikda Norvegiya ikkinchi turda Senegalga qarshi maydonga tushsa, Iroq Fransiya bilan kuch sinashadi. Har ikki uchrashuv 23 iyunga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.
O‘yinda kiritilgan gollarni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Live
BarchasiRyutte NATOni futbolga o‘xshatdi
07 iyul