Norin daryosining dambasi yemirilmoqda (video)
Jamiyat
−
26 yanvar 2023
31864Bugun, 26 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Norin tumanidan oqib o‘tuvchi Norin daryosini to‘sib turuvchi dambaning yemirilgani xaqida xabarlar tarqaldi. Xabarlarga ilova qilingan videoda voqea guvohi bo‘lgan shaxs bir kunning o‘zida keskin yemirilib ketgani haqida gapirgan.
“ Hozir suv ozroq, lekin kechqurun ko‘payyapti. Shuning uchun yo suvni kamaytirish kerak, yoki dambadan voz kechish kerak”, degan videoda ovozi eshitilgan shaxsi noma’lum kishi.
Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi munosabat bildirib, daryoning chap qirg‘og‘ini yemirilishi oqibatini bartaraf etish jarayonlari boshlanganini xabar qildi.
“Jarayon to‘liq nazoratga olingan, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda favqulodda vaziyatlarda davlat quyi tizimlari jalb qilingan, hozirda maxsus texnikalar va soxa mutaxasislari bilan birgalikda dambani mustahkamlash ishlari olib borilmoqda”, deyiladi boshqarma xabarida.
Ma’lumot o‘rnida, Namangan viloyati hududidan oqib o‘tuvchi Norin daryosi Markaziy Tyanshandan boshlanadi. Daryoning umumiy uzunligi 807 km, havzasining maydoni esa 59,9 ming kilometr kvadratga teng.
Norin asosan qor-muzlik suvlaridan to‘yinadi. Katta Farg‘ona, Katta Andijon, Shimoliy Farg‘ona, Katta Namangan kanallari aynan shu daryodan suv oladi. Shuningdek, u juda katta energiya zaxiralariga ega. Daryoda Uchqo‘rg‘on GES, To‘qtaqul GES qurilgan. Norin bo‘yida Norin, Toshko‘mir, Uchqo‘rg‘on shaharlari joylashgan.
LiveBarchasi