Norboyeva Ozarbayjon Prezidentiga Mirziyoyevning salomini yetkazdi

Jamiyat

image

Kecha, 30 iyun kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyevani qabul qildi. Bu haqda Ozarbayjon Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Tanzila Norboyeva Ilhom Aliyevga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning salomi va ezgu tilaklarini yetkazgan. Davlat rahbari qutlov uchun minnatdorlik bildirib, uning salomini Shavkat Mirziyoyevga yetkazishni so‘ragan.

Prezident Ilhom Aliyev O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlaridan chuqur mamnunligini bildirgan, yuksak mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirib, tashrif g‘oyat mazmunli o‘tganini ta’kidlagan. Uning aytishicha, tashrif chog‘ida kelishib olinganidek, tegishli davlat tuzilmalariga topshiriqlar berilgan. Davlat rahbari ushbu tashrif mamlakatlaro‘rtasidagi do‘stlik va qardoshlik rishtalari naqadar mustahkam ekanini yana bir bor namoyon etganini aytgan.

Tanzila Norboyeva Prezident Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi Prezident Shavkat Mirziyoyev va o‘zbek xalqida katta taassurot qoldirganini alohida qayd etgan. Uning aytishicha, ushbu tashrif yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston rahbariyati tegishli tuzilmalarga topshiriqlar bergan.

Tanzila Norboyeva Ozarbayjon xalqi umummilliy yetakchisi Haydar Aliyevning yorqin xotirasini chuqur hurmat bilan e’zozlab, O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlarini rivojlantirishga buyuk yo‘lboshchi ulkan hissa qo‘shganini, Prezident Ilhom Aliyev uning siyosatini muvaffaqiyatli davom ettirayotganini ta’kidlagan.

O‘zbekiston Senati raisi Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi ta’minlanayotganini bildirib, mamlakatga tashrifi doirasida Shusha shahriga borishini aytgan. 

Suhbat chog‘ida mamlakatlar o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalar muhimligi ta’kidlangan. Ayniqsa, parlamentlar davlat rahbarlari erishgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonini qo‘llab-quvvatlashi bildirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva Ozarbayjon Ilhom Aliev

Baholaganlar

64

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing