Norboyeva kim tarafdaligiga ishora qildi...mi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi – O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi raisi Tanzila Norboyeva Olmazor tumanida joylashgan velotrek bazasining qayta foydalanishga topshirilgan binosini ochib berish marosimida ishtirok etdi. U esdalik va ekologiya uchun hissa qo‘shish maqsadida majmua hovlisida bir tup ko‘chat o‘tqazdi. 

Bazaning qayta foydalanishga topshirilishi velotrek bo‘yicha O‘zbekiston chempionati va Murodjon Xolmurodovning Tokio Olimpiadasiga litsenziya olgani rasman tasdiqlanuvchi kunga to‘g‘ri keldi.

Mazkur sport bazasining ochilishiga bag‘ishlab o‘tkazilgan marosimda Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi mas’ul xodimi Shavkat Sultonov, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori – elchi Jon Makgregor va kuni kecha MOQga tashrif buyurgan angliyalik mutaxassis Peter Bonfild ham ishtirok etgan.

Dastlab mehmonlar ramziy tasmani kesib, velotrek bazasini ochib berishgan. Shundan so‘ng rasmiylar bugungi kundan esdalik va ekologiya uchun hissa qo‘shish maqsadida majmua hovlisida bir tup ko‘chat o‘tqazganlar. 

Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, butun dunyoda kuzatilayotganidek, bugungi kunda Ekologiya bilan bog‘liq muammolar O‘zbekistonda ham dolzarb bo‘lib bormoqda. Shundoq ham mamlakatda ekologiya muammolarini bir on ham unutmaslikka undab turuvchi Orolning qurib borayotgani yetmagandek, daraxtlar kesilib borayotgani bilan bog‘liq holatlar avj olmoqda. Biroq, bugungacha rasmiylarning daraxt ekishi kuzatilmagan hodisa edi. 

Balki, saylovlar oldidan Tanzila Norboyeva kim tarafdaligini namoyon qilgandir. Aslida Norboyeva “Xalq” demokratik partiyasi a’zosi sanaladi. 

Eslatib o‘tamiz, oriy yilning 22 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva Saylov

Baholaganlar

125

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing