Nonushta uchun qanday bo‘tqa foydali?

Salomatlik

image

Garvard tibbiyot maktabi olimlari reytingida suli yormasidan tayyorlangan bo‘tqa foydaliligi bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadi. Buning sabablari haqida tibbiyot fanlari nomzodi, diyetolog Yuliya Chexonina ma’lumot berdi. 

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, suli yormasidan tayyorlangan bo‘tqa ichak mikroflorasining holatini yaxshilashga yordam beradi. U ortiqcha xolesteringa qarshi kurashda yordam beradigan xolinni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, kuniga ikki marta bo‘tqa iste’mol qilganda gipertoniya xavfi kamayadi. 

Grechkadan tayyorlangan bo‘tqaning kaloriyasi suli yormasidan tayyorlangan bo‘tqanikidan pastroq. Grechkadan tayyorlangan bo‘tqa, shuningdek energiyani tejash va chidamlilikni saqlashga imkon beradi. 

Zig‘ir urug‘idan tayyorlangan bo‘tqa esa eng foydali bo‘tqa hisoblanadi. 

“U Omega-3 ni o‘z ichiga olgan. Bu qon tomirlari va qon aylanishi uchun zarur. Shuningdek, u ba’zi xavfli kasalliklarga qarshi profilaktika omilidir, chunki u antioksidant xususiyatlarga ega, yoshlikni uzaytirishga yordam beradi va erta qarishni oldini oladi”, degan Chexonina.


Maqola muallifi

Teglar

bo'tqa

Baholaganlar

154

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar