Nomi matbuot degani, uning ustiga minib olsa bo‘ladi deganimas – Allamjonov

Jamiyat

image

Mass-mediani rivojlantirish fondi raisi komil Allamjonov O‘zbekistondagi media olamida tez-tez yuz beradigan ommaviy axborot vositalari faoliyatiga aralashish masalasiga munosabat bildirdi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yozmoqda.

“Ba’zida davlat idorasi xodimlari xususiy tadbirkorlar, yani ommaviy axborot vositasi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi mas’uliyati cheklangan jamiyatga qo‘ng‘iroq qilib, ular qonun doirasida yaratayotgan mahsulotlarini (maqolani) o‘chirib tashlashni talab qiladi. Agarda xususiy tadbirkor bo‘lmish sayt buni bajarmasa, uni chaqirishadi, qo‘rqitishadi. Aslida, bu noqonuniy harakat, mansab vakolatini suiistemol qilish hisoblanadi. Soddaroq aytganda, tadbirkorning faoliyatiga asossiz aralashishdir”, deb yozadi Allamjonov.

Raisning so‘zlariga ko‘ra, bu xuddiki “supermarket egasiga qo‘ng‘iroq qilib, shu mahsulotni savdo peshtaxtasidan olib tashla” yoki “shokolad zavodiga telefon qilib, ertadan boshlab marmeladli shokoladni boshqa ishlab chiqarmanglar”, deyish bilan teng. 

“Nomi matbuot bo‘lgani, uning ustiga minib olsa ham bo‘ladi degani emas. Matbuot ma’suliyati cheklangan jamiyati faqat qonun oldida javobgar bo‘lishi kerak, shaxslar oldida emas. Va matbuot masuliyati cheklangan jamiyati boshqa jamiyatlar bilan teng ravishda erkin bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarishlari davomida, qonunchilika va konstitutsiyada davlat idoralarining topshiriqlarini bajarishi kerakligi borasida hech qanday majburiyat yo‘q”, deya o‘z so‘zini yakunlagan Allamjonov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Chegara bilmas muxbirlar” (Reporters Without Borders) xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan tuzilgan matbuot erkinligi reytingida O‘zbekiston o‘tgan yilgiga nisbatan bir pog‘ona pastlab, 157-o‘rinni egallagani haqida xabar bergan edik. Mass-media fondi raisi Komil Allamjonov ushbu holatga achchiq hazil aralash mnosabat bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

42

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing