Noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanganlar ushlandi

3-sahifa

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Mirobod tuman bo‘limi tomonidan IIBB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan Sh.Y. jami 3,5 ming dollarni fuqaro M.A.ga 42,9 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Quvasoy shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan A.X. jami 3,2 ming dollarni fuqaro Sh.K.ga 39,3 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. 

Xuddi shunday Angren shahri hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan M.A. (muqaddam sudlangan) jami 3 ming dollarni fuqaro E.M.ga 36,8 million so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.

Departamentning To‘rtko‘l tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda bo‘lsa valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan N.A. jami 269 ming Rossiya rublini fuqaro N.M.dan 34,1 million so‘mga sotib olgan vaqtida qo‘lga olingan.

"Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda", deyiladi departamentning xabarida.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu qonunbuzarlik holati qayta sodir etilganda eng kam oylik ish haqining 75 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Mazkur harakat juda ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining 100 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston valyuta ayirboshlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing