Nogironligi bo‘lganlarga OTMga kirishda 2 foiz davlat granti ajratiladi
Jamiyat
−
11 Sentabr 2020
4544Bugun, 11 sentyabr kuni Oliy Majlis Senati a’zolari yettinchi yalpi majlisda “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 700 mingdan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslar bo‘lib, ulardan 100 mingdan ortig‘i 16 yoshgacha bo‘lganlardir.
Yangi qonun bilan “nogiron” atamasi iste’moldan chiqarilib uning o‘rniga “nogironligi bo‘lgan shaxs” atamasi kiritilyapti.
Qonun kuchga kirishi bilan tibbiy tekshiruv komissiyalari faoliyati takomillashadi, murojaat qiluvchi 10 kalendar kunida xulosani oladi. Tibbiy tekshiruvlar bepul amalga oshiriladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar ambulator va statsionar rejimida imtiyozli davolanadi. Protez-ortopediya anjomlariga bo‘lgan ehtiyojlari qondiriladi.
Mahalliy hokimliklar nogironligi bo‘lgan shaxslar uy-joy sharoitini yaxshilashga mas’ul bo‘ladi.
Kasb-hunarga o‘rgatish, kollej va texnikumlarda ta’lim olishlari davlat hisobidan ta’minlanadi. Oliy ta’limda jami kontingentning 2 foizi miqdorida davlat granti nogironligi bo‘lganlarga ajratiladi.
LiveBarchasi