Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya ratifikatsiya qilindi

Jamiyat

image

Kecha, 28 may kuni Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya senatorlar tomonidan ko‘rib chiqildi va ma’qullandi. Bu haqda Senat Axborot xizmati xabar bermoqda.

Senatorlar ushbu Konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi O‘zbekistonda nogironlar huquqlarini himoya qilishni ta’minlash uchun qo‘shimcha kafolatlar yaratish imkonini berishini, qonunchilikni yanada takomillashtirish uchun dastur bo‘lib xizmat qilishini, nogironlarni ijtimoiy himoya qilish va ular uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash nuqtai nazaridan davlat organlarining javobgarligini kuchaytirishini ta’kidlagan.

Konvensiya qabul qilinishi:

  • birinchidan, nogironlarni ijtimoiy himoya qilish milliy tizimini ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish;
  • ikkinchidan, nogironlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish uchun xalqaro va xorijiy grant mablag‘larini jalb qilish imkoniyatlarini yaratish;
  • uchinchidan, aholini ijtimoiy himoya qilish borasida O‘zbekistonning xalqaro imijini yaxshilash imkonini beradi.

Konvensiya nogironlarning huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash, ularga nisbatan kamsitishga barham berish, ularning mehnat qilish, o‘z sog‘lig‘ini asrash, ta’lim olish va jamiyat hayotida to‘laqonli ishtirok etish huquqini ta’minlash, odil sudlovga erishish, shaxsiy daxlsizligi, ekspluatatsiya qilinishdan va suiiste’mollikdan himoyalanishini, erkin harakatlanishini, shaxsiy mobilligini ta’minlashga qaratilgan 50 ta moddadan iborat.

Senatorlar Konvensiyani ratifikatsiya qilish to‘g‘risida qabul qilingan Qonun jamiyatda nogironlikka ijtimoiy-huquqiy yondashuvni mustahkamlashga xizmat qilishi kerakligini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

45

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing