Nodirbek Abdusattorov Shaxmat olimpiadasini munosib yakunladi
Sport
−
09 avgust 2022 7403 1 daqiqa
O‘zbekistonlik yosh shaxmatchi, grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Hindistonning Chennai shahrida bo‘lib o‘tayotgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida mag‘lub bo‘lmadi.
Bugun, 9 avgust kuni so‘nggi turda Nodirbek Abdusattorov dunyo reytingida 9-o‘rinda borayotgan niderlandiyalik Anish Giri bilan durang o‘ynadi. Aniqrog‘i, qiyin vaziyatda qolgan Giri durang o‘ynashni xohladi va buni uddaladi.
Nodirbek Abdusattorov turnirning eng zo‘rlaridan biri bo‘ldi. Eng zo‘r deya ta’riflangan ikkinchi yosh shaxmatchi Gukesh ustidan g‘alaba qozondi. Jahonning eng kuchli grossmeysterlaridan biri Fabiano Karuanoni ham taslim etdi. Nodirbek 11 imkoniyatdan 8,5 ochko to‘pladi.
Ma’lumot uchun, Nodirbek Abdusattorov 11 partiyada 7 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat va 3 durrang qayd etgan.
Ibrohim Davronov
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust