Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenni taslim etdi
Sport
−
11 may
14555Ayni kunlarda Polshada shaxmat bo‘yicha “Superbet Poland 2024” turniri bahslari o‘tkazilmoqda. Musobaqa blits bahslarining 3-turida o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov norvegiyalik Magnus Karlsen bilan bahs olib bordi.
Oq donalarda harakatlangan Nodirbek o‘ta sovuqqon tarzda kurashib, Magnusni taslim bo‘lishga majbur qildi.
Qayd etish joiz, Abdusattorov 2-turda polshalik Kshishtof Dudaga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, 1-turda germaniyalik Vinsent Keymer bilan murosa ko‘chasini tanladi.
Ma’lumot uchun, “Superbet Poland 2024” turniri 12 mayga qadar davom etadi. Musobaqa sovrin jamg‘armasi 175 ming AQSH dollarini tashkil etadi.
LiveBarchasi