Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenni taslim etdi
Sport
−
11 may 2024 15554 1 daqiqa
Ayni kunlarda Polshada shaxmat bo‘yicha “Superbet Poland 2024” turniri bahslari o‘tkazilmoqda. Musobaqa blits bahslarining 3-turida o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov norvegiyalik Magnus Karlsen bilan bahs olib bordi.
Oq donalarda harakatlangan Nodirbek o‘ta sovuqqon tarzda kurashib, Magnusni taslim bo‘lishga majbur qildi.
Qayd etish joiz, Abdusattorov 2-turda polshalik Kshishtof Dudaga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, 1-turda germaniyalik Vinsent Keymer bilan murosa ko‘chasini tanladi.
Ma’lumot uchun, “Superbet Poland 2024” turniri 12 mayga qadar davom etadi. Musobaqa sovrin jamg‘armasi 175 ming AQSH dollarini tashkil etadi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust