Nodir Jonuzoq yangi lavozimga tayinlandi

Jamiyat

image

Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri lavozimiga Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Nodirjon Xolbo‘tayev (Nodir Jonuzoq) tayinlandi.

N.Xolbo‘tayev bunga qadar Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, Nodir Jonuzoq 1976 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 1998 yilda Samarqand davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan Nodir Jonuzoq o‘z faoliyatini “Turkiston” va “Respublika” gazetalari tahririyatida boshlagan.

Shuningdek, u “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida bosh muharrir va direktor o‘rinbosari, Yozuvchilar uyushmasi muassisligidagi “Yoshlik” jurnalida bosh muharrir va Yozuvchilar uyushmasi raisining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etilishi ma’lum bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

jurnalist tayinlov Nodir Jonuzoq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing