Nijniy Novgoroddan Xo‘jandga uchayotgan samolyot Toshkentga qo‘nishga majbur bo‘ldi
Olam
−
05 yanvar 2022
11786Bugun, 5 yanvar kuni Nijniy Novgoroddan Tojikistonning Xo‘jand shahriga uchayotgan S76431 reysi belgilangan aeroportdagi quyuq tuman tufayli Toshkent aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti Toshkent aeroporti vakiliga tayanib, xabar berdi.
“S7 Airlines avikompaniyasining Nijniy Novgorod–Xo‘jandga uchayotgan S76431 reysi belgilangan aeroportdagi quyuq tuman tufayli Toshkentga soat 10.00 da qo‘ndi”, degan aeroport vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘nish normal rejimda amalga oshirilgan, layner ob-havo sharoiti yaxshilanishi bilan Xo‘jandga uchishga hozirlik ko‘rmoqda.
LiveBarchasi