Nitssadagi terakt bo‘yicha so‘nggi tafsilotlar ma’lum qilindi
Olam
−
03 noyabr 2020
6012Fransiya huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari Nitssa shahridagi Notr-Dam soboriga qilingan hujumga oid tergov doirasida yana to‘rt kishini hibsga oldi. Bu haqda France-Press (AFP) xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, hibsga olishlar Val-d'Uaz departamentida (Il-de-Frans poytaxt viloyati) amalga oshirilgan. Hibsga olinganlardan biri – 29 yoshli erkak – jinoyatchi bilan aloqada bo‘lganlikda gumon qilinmoqda. Yana uch kishi uning kvartirasida hibsga olingan.
Eslatib o‘tamiz, 29 oktyabr kuni ertalab pichoq bilan qurollangan 21 yoshli tunislik Fransiyaning Nitssa shahridagi Notr-Dam ibodatxonasiga hujum qildi. Hujum oqibatida uch kishi halok bo‘ldi va tajovuzkor qo‘lga olindi. Voqeani tergov qilish Fransiyaning Milliy aksilterror prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.