Nega odamlarning miyasi turlicha qariydi?
Salomatlik
−
10 noyabr
8397Inson miyasi asta-sekin qariydi, lekin jarayonga ko‘pincha genetika va turmush tarzi ta’sir qiladi. Bu haqda “Genomic Psychiatry” jurnalida chop etilgan tadqiqotda keltirilgan.
Tadqiqotga ko‘ra, jismoniy va aqliy faollik, normal qon bosimi va xolesterin miqdori, tamaki chekishni tashlash, boshqa tilda gaplashish va musiqa asbobida chalishni bilish miyaning qarishini sekinlashtiradigan asosiy omillardandir.
“Bir nechta omillar kognitiv qarishni tezlashtiradi. Kichikroq omillarning har biri birgalikda ushbu xavfni biroz oshirishi mumkin”, degan yangi maqola muallifi va Edinburg universitetining Lothian Cohort Research direktori Saymon Koks.
Agar siz barcha turmush tarzi omillarini birlashtirsangiz, taxminan 20 foiz hollarda ular 70 yoshdan 82 yoshgacha bo‘lgan odamlarning kognitiv funksiyasining pasayishiga ta’sir qiladi.
Olimlar shotlandlarning ikkita guruhini o‘rgangan – biri 1921 yilda, ikkinchisi 1936 yilda tug‘ilgan. Ularning barchasi 11 yoshida kognitiv testdan o‘tgan. Ular 70, 80 va 90 yoshda kognitiv funksiya va jismoniy tayyorgarlikni tekshirib, qayta sinovdan o‘tkazilgan.
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, odamlar ikki bosqichda – taxminan 44 va 60 yoshda qariydi.
“Biz ishtirokchilarni birinchi marta 73 yoshida MRTdan o‘tkazdik. Tadqiqotning men uchun eng ta’sirli jihatlaridan biri bu – ularning skanerlashlari orasidagi farqlar qanchalik katta ekanligi. Ularning barchasi bir xil yoshda bo‘lishiga qaramay, ba’zi miyalar butunlay sog‘lom ko‘rinardi. Shu bilan birga, boshqalar oq materiya birikmalarining sezilarli darajada qisqarishi va zararlanishini, shuningdek, kognitiv qarish va demans bilan bog‘liq boshqa xususiyatlarni namoyish etdi”, degan olim Saymon Koks.
Oq modda – bu miya hujayralari va asab tizimining qolgan qismlari o‘rtasida aloqalarni tashkil etuvchi to‘qima bo‘lib, bu hududlarga nerv signallari orqali bir-biri bilan aloqa qilishga yordam beradi. Qisqartirilgan yoki shikastlangan oq modda miyaning axborotni qayta ishlash qobiliyatini sekinlashtirishi mumkin.
“Bu bizga 73 yoshda miyaning qarishi muqarrar emasligini ko‘rsatadi, shuningdek, bizni yangi miyaga ega bo‘lgan baxtli odamlarga taqlid qilish uchun nima qilishimiz mumkinligini o‘rganishga undaydi”, deya qo‘shimcha qilgan Koks.
Xotirasi 20-30 yoshnikidek o‘tkir bo‘lgan keksa odamlar “kognitiv super qarilar” deyiladi. Ammo olimlar miyaning qarishi juda individual jarayon ekanligi haqida ogohlantirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qarish jarayonini sekinlashtirish uchun qanday ovqatlanish kerakligi haqida xabar berilgandi. Ovqatlanish ratsionini tuzishga jiddiy e’tibor berish orqali qarilik va u bilan bog‘liq noxush oqibatlarni, masalan, ajin tushishini ancha kechiktirish mumkin.