Nikotin virusni o‘ldirishga yordam beradimi? Narkolog o‘z fikrini aytdi

Salomatlik

image

Ba’zi ommaviy axborot vositalarida chekuvchilar koronavirus infeksiyasini kamroq yuqtirganligi haqidagi ma’lumotlar haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Bundan tashqari, pandemiya paytida chekish COVID-19 kasalligi holatida salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu haqda Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligining bosh mustaqil psixiatri va narkologi Evgeniy Bryun gapirib o‘tdi.

“So‘nggi paytlarda ommaviy axborot vositalarida “koronavirus chekuvchilarga kamroq ta’sir qiladi”, degan xabar tarqalmoqda. Bizningcha, bu ma’lumotlar noto‘g‘ri va sog‘liq uchun xavflidir! Tamaki mahsulotlarini har qanday usul bilan ist’mol qilish xavfli!”, dedi u.

Olimning ta’kidlashicha, bugungi kunga qadar nikotinning ijobiy ta’sirini ko‘rsatadigan biror ishonchli ma’lumot qo‘lga kiritilmagan. Ammo chekuvchilarda immunitetning jiddiy pasayishi to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar mavjud. “Bunday asossiz xabarlarni tarqatish manfaatdor tomonlar va ishlab chiqaruvchilar tomonidan uyushtirilgan deb taxmin qilish mumkin”, deya qo‘shimcha qildi u.

Olimning fikriga ko‘ra, odatiy davrda salomatlik uchun xavfli bo‘lgan barcha vositalar pandemiya vaqtida ikki-uch baravar xavfli bo‘ladi. Har qanday holatda ham sog‘lom turmush tarzi va salomatlik qoidalariga amal qilish koronavirusni yengishning eng samarali usulidir.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus nikotin

Baholaganlar

176

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing