Nikol Pashinyan Shavkat Mirziyoyevga qo‘ng‘iroq qildi

Jamiyat

image

Bugun, 30 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi. 

Armaniston Hukumati rahbari O‘zbekiston yetakchisini yaqinlashib kelayotgan milliy bayram – Mustaqillik kuni bilan samimiy tabriklab, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilagan.

Ikki tomonlama munosabatlarni va xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.

Amaliy hamkorlikni ilgari surishning muhim jihatlariga alohida e’tibor qaratilgan.

O‘zaro savdo hajmini oshirish, ishbilarmon doiralar va yetakchi korxonlarni faol jalb qilgan holda kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish uchun samarali mexanizmlarni shakllantirishdagi mavjud imkoniyatlar qayd etilgan.

Mintaqaviy kun tartibi va ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi muloqotni kengaytirish yuzasidan ham fikr almashilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Nikol Pashinyan O'zbekiston-Armaniston

Baholaganlar

154

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing