Nikol Pashinyan xotini bilan ajrashdi

Olam

image

Bugun, 17 fevral kuni Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanning rafiqasi Anna Akopyan fuqarolik nikohining tugaganini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining Facebook'dagi sahifasida xabar berdi.

 “Hurmatli vatandoshlar, sizga Bosh vazir Nikol Pashinyan bilan fuqarolik nikohim tugaganini e’lon qilaman. Barchadan bu masalada o‘zini tutish va xushmuomalalikni namoyon etishni so‘rayman”, degan Akopyan o‘z murojaatida.

U nikohning tugash sabablari yoki boshqa tafsilotlar haqida qo‘shimcha ma’lumot bermagan. Hozircha Nikol Pashinyan tomonidan mazkur masala yuzasidan rasmiy izoh berilgani yo‘q.

Ma’lumot uchun, 2024 yilda Anna Akobyan va Nikol Pashinyan o‘zlarining ijtimoiy tarmoq sahifalarida turmush qurmaganliklarini ma’lum qilishgan. Juftlik 27 yildan ortiq vaqt davomida birga bo‘lishlariga qaramay, qonuniy ravishda turmush qurmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan musiqachi sifatida o‘zining shaxsiy guruhi bilan sahnada debyut qilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Nikol Pashinyan Armaniston Anna Akobyan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing