Niko, Puch, Trinkao, Abde... “Barselona” kashf etgan vunderkindlar
Sport
−
10 fevral 5227 3 daqiqa
“Barselona” klubining akademiyasi, rahbariyati yosh iqtidorlarni kashf etish borasida dunyoning eng kuchli jamoalaridan sanaladi. Shu vaqtgacha, “La Masiya”dan chiqqan bir qancha yosh futbolchilar jahon futboli yulduziga aylandi. Messi, Inesta, Xavi, Fabregaslarni yetishtirib chiqargan jamoa yillar o‘tib, yuqoridagi futbolchilarga o‘rinbosar sifatida Gavi, Pedri, Yamal kabilarni dunyo futboli sahnasiga olib chiqdi.
Ammo shunday futbolchilar borki, klub safida porlab chiqadi, ammo vaqt o‘tib jamoasiga kerak bo‘lmay qoladi. Shunday iqtidorlar orasida Niko Gonsales, Riki Puch, Fransisko Trinkao, Ez Abde, Karles Alenya kabilar o‘yin amaliyoti kamligi sabab “Barselona”dan ketishga majbur bo‘ladi. Ammo klub bu futbolchilarni qaytib sotib olish opsiyasi bilan qo‘yib yuborgan.
Niko Gonsales

“Barselona”da yuqori baholangan bo‘lishiga qaramay, klub uni 2023 yilda “Portu” jamoasiga qo‘yib yuborishga qaror qildi. Kataloniyaliklar yarim himoyachi uchun 7 million funt-sterling talab qildi. Ammo shartnomaga futbolchining har bir transferidan 40% foyda ko‘rishi kiritilgan.
Portugaliyaga ko‘chib o‘tganidan keyin Niko “Portu”ning asosiy futbolchisiga aylandi, u joriy mavsumda ligadagi 17 ta o‘yinda maydonga tushdi. Biroz avval, 4 fevral kuni esa “Manchester Siti” Niko transferini e’lon qilgandi. “Shaharliklar” Nikoni 60 million yevroga sotib oldi. “Barselona” esa ushbu transferdan 40% ulush oldi.
Fransisko Trinkao

Portugaliyalik vinger “Barselona” safida 42 ta o‘yinda maydonga tushdi va bu o‘yinlarning aksarida uchrashuvni zaxiradan boshladi. Bir necha yillik ijaradan keyin u 2023 yilda 8 million funt sterling evaziga “Sporting” futbolchisiga aylandi. Kataloniya klubi esa shartnomaga 50 % sotish bandi bilan birga 20 million funt-sterlingga qayta sotib olish variantini kiritdi. Ispaniyani tark etgan futbolchi so‘nggi bir yarim mavsumda 39 ta gol kiritdi.
Abde Ezzalzuli

“Barselona” safida 14 ta o‘yinda maydonga tushgan Ezzalzuli 2023 yilda 6 million funt-sterling evaziga “Real Betis”ga ko‘chib o‘tdi. Marokashlik vinger so‘nggi vaqtlarda Manuel Pellegrini qo‘l ostida barqaror asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. 2024/25 yillar davomida La Ligada faqat besh nafar futbolchiga Ezzalzuliga qaraganda muvaffaqiyatliroq driblingni amalga oshirdi. U 40 marotaba dribling amalga oshirgan. “Barselona” uni 17 million funt-sterlingga qaytarib sotib olish imkoniyati bor.
Riki Puch

Bir vaqtlar Andres Inestaning o‘rinbosari sifatida qaralgan Puch “Barselona”da o‘zini u qadar ko‘rsata olmadi. Futbolchi Kataloniya klubi safida La Liga doirasida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta assist amalga oshirdi. Puch 2022 yilning yozida “LA Galaxy”ga 8 million funt-sterling evaziga ko‘chib o‘tdi. U yangi klubi safida MLS kubogi pley-offida g‘alaba qozondi va mavsum davomida 17 ta gol urdi va 13 ta golga assistentlik qildi.
Karles Alenya

Alenya “Barselona” safida 44 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ammo 2021 yilning yanvarida “Xetafe” futbolchi uchun taklif bilan chiqdi va klub uni qo‘yib yubordi. 27 yoshli futbolchi ayni damga kelib, “Xetafe” tarkibida asosiy o‘yinchiga aylandi.