Niqob bilan Mbappe o‘z imkoniyatlarining 60 foizinigina ko‘rsata oladi – Riki

Sport

image

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening Yevro-2024'da himoya niqobida o‘yin ko‘rsatishi uning maydonni ko‘rish imkoniyatini kamaytiradi. Bu haqda Riki nomi bilan mashhur bo‘lgan ispaniyalik sobiq futbolchi Ivan Sanches-Riko “Relevo”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Niqob bilan o‘ynaganimda o‘zimni juda noqulay his qilganman. Bu juda qiyin vaziyat. Eng yomoni, niqob bilan to‘p tepsangiz, uzatmalarda ishonchsizlikni his qilasiz. Bundan tashqari, niqob o‘yin davomida ko‘rish qobiliyatini yomonlashtiradi. Shu bois, Mbappe o‘z imkoniyatlarining 60 foizida o‘ynaydi, deb o‘ylayman”, deydi Riki.

Qayd etish joiz, Mbappe 2024 yilgi Yevropa chempionatining dastlabki o‘yinida burni singanligi sababli himoya niqobida o‘ynashga majbur bo‘lmoqda, jarohatdan keyin fransiyalik futbolchini operatsiya qilish kerak edi, biroq shifokorlar Kilian qit’a chempionatining qolgan qismini o‘tkazib yubormasligi uchun operatsiyani kechiktirmoqda.

Ma’lumot uchun, Fransiya Yevro-2024 finaliga chiqish uchun Ispaniyaga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:55 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Kilian Mbappe Ivan Sanches-Riko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing